“Ortadoğu Holding” turk kompaniyasi O'zbekistonga sarmoya kiritadi

Turkiyalik Rejep O‘zdemir boshchiligidagi “Ortadoğu Holding” kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov bilan uchrashdi.

2034937
“Ortadoğu Holding” turk kompaniyasi O'zbekistonga sarmoya kiritadi

 

O'zbekistonda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijiy investorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida olib borilayotgan xayrli ishlar chet el sarmoyadorlarini mamlakat hududlarida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga chorlamoqda.

Turkiyalik Rejep O‘zdemir boshchiligidagi “Ortadoğu Holding” kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov bilan amaliy uchrashuvida ham ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.  

Ushbu yirik shirkat 1981 yilda qurilish va logistika sohasida ish boshlagan bo‘lib, turli katta inshootlar qurish, ekologik toza energiya ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash xizmatlari, xalqaro quruqlik transportida katta tajribaga ega.  

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan muloqotda Namangan shahrida mahalliy tadbirkorlar ta’sischiligidagi “Art Soft Holding” kompaniyasi hamkorligida zamonaviy yer osti avtoturargohiga ega turar joy kompleksi qurish loyihasi taqdimot etilgan edi. Mazkur loyihaga muvofiq, 1,75 gektar maydonda yer osti avtoturargohiga ega pastki qavatlarida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari bo‘lgan oltita 20 va 14 qavatli 800 ta xonadonli turar joy majmuasi, bolalar o‘yingohi, futbol maydonchasi, piyodalar yo‘lagi, favvora va “Yashil hudud” barpo etish rejalashtirilgan.  

Viloyat hokimi ushbu loyiha amalga oshiriladigan hudud shaharning markazi ekanligini ta’kidlab, loyiha ichiga mehmonxona ham qurish maqsadga muvofiqligini bildirdi. Shuningdek, turkiyalik hamkorlarga yangi barpo etilayotgan “Yangi Namangan” shaharchasida ham yirik qurilish ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.  


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #Ortadoğu Holding

Aloqador xabarlar