Aliyev: Tadbirimizda albatta Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bayrog‘i hilpiraydi

Aliyev, poytaxt Bokudagi Turk Davlatlari Tashkilotining (TDT) Tabiiy Ofat va favqulodda vaziyatlardan mas’ul vazirlarning ikkinchi yigʻilishi ishtirokchilarini qabul qildi.

2034533
Aliyev: Tadbirimizda albatta Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bayrog‘i hilpiraydi

Ilhom Aliyev, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) bayrogʻi Ozarbayjondagi tadbirlarda hilpirashini qayd etdi.

Aliyev, poytaxt Bokudagi Turk Davlatlari Tashkilotining (TDT) Tabiiy Ofat va favqulodda vaziyatlardan mas’ul vazirlarning ikkinchi yigʻilishi ishtirokchilarini qabul qildi.

Qabulda TDT Bosh kotibi - elchi Kubanicbek O‘muraliyev, Ozarbayjon Favqulodda Vaziyatlar vaziri Kemaleddin Haydarov, Turkiya Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya, Qozog‘iston Favqulodda Vaziyatlar vaziri Sirim Shariphanov, Qirg‘iziston Favqulodda Vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev, O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Ichki Ishlar vaziri Dursun Oʻgʻuz ishtirok etdi.

TDT Davlat rahbarlari sammitining ikki oydan keyin boʻlib oʻtishini taʼkidlagan Aliyev, ushbu yigʻilishda tabiiy ofatlarni boshqarish boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolanishi koʻzda tutilgani va bunga katta ehtiyoj borligini qayd etdi.

Ham mintaqada ham da dunyoda falokatlarning ortib borayotganiga e’tibor qaratgan Aliyev, joriy yilning 6 - fevrali kuni sodir boʻlgan yer silkinishlari paytida, qardosh davlatlarning Turkiyani qoʻllab-quvvatlaganiga e’tibor qaratdi.

Qabulda, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi vakilining ham ishtirok etganini qayd etgan Aliyev oʻz soʻzida: “Asosan, kiprlik turk birodarlarimizga salom yoʻllamoqchiman. Vazir bu yerda kuzatuvchi sifatida ammo ayni vaqtda oʻz yurtining bayrogʻi nomidan ishtirok etmoqda. Tadbirimizda albatta, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bayrog‘i hilpiraydi”. – deya gapirdi.

Ichki Ishlar vaziri Yerlikaya esa, oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari ortidan Ozarbayjon nomidan koʻrsatilgan yordamlar uchun minnatdorchilik bildirib:

“Turk xalqi, Ozarbayjonning birodarlik yordamini hech qachon unutmaydi. Yordamga eng avvalo Ozarbayjon kelganidek eng oxiri ketgan ham Ozarbayjon hay’ati boʻldi. Bizga moddiy va manaviy yordamlarini yetkazib berish uchun safarbar boʻlgan ozarbayjonlik birodarlarimizga qanchalik rahmat aytsak kam”. – dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #ShKTR bayrogʻi , #Ilhom Aliyev

Aloqador xabarlar