Murat Nurtileu Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi

Qasim Jo‘mart To‘qayev Nurtileuni, “Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri” deb tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.

1969168
Murat Nurtileu Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi

Murat Nurtileu Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.

Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Prezident Qasim Jo‘mart To‘qayev Nurtileuni, “Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri” deb tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.

Nurtileu 47 yoshida, bugungacha Qozog‘istonning Finlandiya va Estoniyadagi elchisi bo‘lib xizmat qildi.

Bir muddat mamlakatning tashqi ishlar vazirining maslashatchisi, 2014-2016 yillari esa Prezident administratsiyasi huzuridagi Tashqi siyosat markazi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishladi.

2019-yilning mart oyida Prezident To‘qayevning vitse-prezidenti etib tayinlangan Nurtileu, “yanvar voqealari”dan so‘ng Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Nurtleu mamlakat rahbari ma’muriyatini 2022-yil fevral oyidan beri boshqarib keladi.

Mamlakatda 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng hukumat iste’foga chiqdi.

Sobiq Bosh vaziri Alihan Ismailov, 30-mart kuni qayta Bosh vazir etib tayinlandi.

Qozog‘iston konstitutsiyasiga ko‘ra mudofaa, ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlari bevosita Prezident tomonidan tayinlanar ekan, boshqa vazirlar kengashi a’zolari esa Bosh vazirning taklifiga binoan Prezident tomonidan tasdiqlanadi.

Prezident To‘qayev sobiq mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov bilan sobiq ichki ishlar vaziri Marat Ahmetjanovni o‘z lavozimlariga qayta tayinladi.

Vazirlar kengashining boshqa aʼzolarini rasmiy tayinlash ishlari hali hanuz amalga oshirilmadi.

 



Aloqador xabarlar