Qirg‘izistonda ketma-ket ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi

Bugun ertalab, Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l viloyatida ketma-ket ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi.

1951901
Qirg‘izistonda ketma-ket ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi

Bugun ertalab, Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l viloyatida ketma – ket ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi. Ulardan biri 5.1, ikkinchisi esa 5.6 magnitudali ekani aniqlandi.   

Qirg‘iziston Seysmologiya instituti tomonidan berilgan bayonotda, Issiq-Ko‘l viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 03:42 da 5.1 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lgani, uning, atrofdagi qishloqlarda ham sezilgani bildirildi.

Bayonotda mahalliy vaqt bilan soat 05:58 da Issiq-Ko‘l viloyatining Xitoy chegarasi yaqinida 5,6 magnitudali ikkinchi yer silkinishining sodir bo‘lgani qayd etilar ekan, silkinish, yerning 35 kilometr terangligida kuzatilgani ifoda etildi.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yoki vayronalar yo‘qligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar