“Turkiya bir yurak” kampaniyasini Qirg‘iziston ham qo‘llab-quvvatladi

Turkiyada kecha uyushtirilgan yordam kampaniyalariga Qirg‘izistonning mahalliy telekanallari ham hissa qo‘shdi.

1947207
“Turkiya bir yurak” kampaniyasini Qirg‘iziston ham qo‘llab-quvvatladi

Qirg‘iziston Tabiiy ofat va favqulotda vaziyatlar vazirligi xodimlari Turkiyada qayd etilgan yer silkinishlarida ziyon ko‘rgan qardosh turk xalqi uchun 1 million 23 ming lira pul o‘tkazdi.

Mazkur vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, vazirlik xodimlari qardosh turk xalqining dardini teng bo‘lishib, bir kunlik maoshini ajratib bergan. Natijada jami 4 million 622 ming 407 som yani 1 million 23 ming lira pul yig‘ilgan.

Turkiyada kecha uyushtirilgan yordam kampaniyalariga Qirg‘izistonning mahalliy telekanallari ham hissa qo‘shdi.

Qirg‘iziston Milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Ala-Too 24 kanalining jonli efiriga Qirg‘iziston - Turkiya Manas universiteti, Abadiyot fakulteti, Tarjimonlik bo‘limi o‘qituvchisi, yozuvchi Muhittin Gumush mehmon bo‘ldi. Mazkur kanaldagi jonli efir bir vaqtning o‘zida mamlakatning boshqa telekanallari bilan radiosida ham namoyish etildi.

Qirg‘iziston hukumati tomonidan Turkiya uchun boshlatilgan yordam kampaniyalari davom etmoqda.

Shuningdek, mamlakatdan yuborilgan qidiruv – qutqaruv guruhi, yer silkinishi hududlarida 5 kishini tiriklayin qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.

 

 



Aloqador xabarlar