Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘izistonga tashrif uyushtiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari Qirg‘izistonga tashrif uyushtiradi.

1937972
Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘izistonga tashrif uyushtiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari Qirg‘izistonga tashrif uyushtiradi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbakiyev ma’lum qildi.

«Tashrif doirasida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Mamlakat rahbarlari tor va kengaytirilgan tarkibda Qirg‘iziston-O‘zbekiston strategik sherikligining keng yo‘nalishidagi masalalarni, shuningdek, do‘stlik, qardoshlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirish rejalarini muhokama qiladilar.

Bundan tashqari, qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiziston Respublikasiga davlat tashrifi oldidan ikki davlat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan qirgʻiz-oʻzbek biznes - forumi boʻlib oʻtadi”, - dedi Muratbek Azymbakiyev.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg‘iziston , #Shavkat Mirziyoyev

Aloqador xabarlar