Ozarbayjon Rossiyaga nota berdi

Ozarbayjon Birinchi kanaldagi, “dushmanona bayonotlar uchun” Rossiyaga norozilik notasini topshirdi.

1897205
Ozarbayjon Rossiyaga nota berdi

Ozarbayjon, Rossiya davlat kanalida Ozarbayjon haqida dushmanona bayonotlar berilgani munosabati bilan Rossiyaga nota berdi.

Ozarbayjon Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 20-21 oktabr kunlari Rossiyaning Birinchi kanalidagi “Katta o‘yin” ko‘rsatuvida rossiyalik siyosatshunos va arman millatiga mansub ekspertlar Ozarbayjonga qarshi ochiqdan-ochiq hujumlar uyushtirgan, Ozarbayjon Respublikasining hududiy yaxlitligi shubha ostiga olingan.

Notada ta’kidlanishicha dastur mehmonlari o‘z chiqishlari bilan arman jamiyatidagi qasoschi kuchlarni qo‘zg‘ab, o‘tmishda qolib ketgan mojaroni qayta jonlantirishlari uchun separatizmni ochiq - oydin qo‘llab - quvvatlagan. Bu orqali ikki xalq o‘rtasida adovat urug‘ini sepgan.

Dasturda yuz bergan voqealar joriy yilning 22-fevrali kuni Rossiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida imzolangan ittifoqlik kelishuvi shartlariga javob bermasligi ifoda etilgan notada, Rossiya ommaviy axborot vositalarining ig‘vogar tusdagi harakatlarini bas qilishi va bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun zudlik bilan chora ko‘rilishi talab qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Rossiya , #Katta o‘yin , #Armaniston

Aloqador xabarlar