AQSh Markaziy Qo‘mondonligi Suriyada DEAShga qarshi hujum uyushtirdi

AQSh Markaziy Qo‘mondonligi (CENTCOM) Suriya shimolida DEAShga qarshi hujum uyushtirdi.

1889727
AQSh Markaziy Qo‘mondonligi Suriyada DEAShga qarshi hujum uyushtirdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Markaziy Qo‘mondonligi (CENTCOM), Suriyada uyushtirgan amaliyot orqali, DEASh terror tashkilotining qurol va inson kontrabandasidan mas’ul to‘daboshchisi Rakkan Vohid ash-Shammrini yo‘q qilganliklarini ma’lum qildi.

AQSh Markaziy Qo‘mondonligi (CENTCOM) mavzu haqida bergan bayonotida:

“Kecha tunda AQSh Markaziy qoʻmondonligi kuchlari vertolyot orqali, Suriyaning shimoli-sharqidagi Qamishli yaqinida, DEASh hujumlarini qurol va inson kontrabandasi orqali qo‘llab-quvvatlagan DEASh to‘daboshchisi Rakkan Vahid al-Shammrini nishonga olgan hujum uyushtirdi”,-deyildi.

Bayonotda, hujumda Shammri halok bo‘lar ekan, DEASh a’zolaridan birining tan jarohati olgani, ikki nafarining esa nazorat ostiga olingani qayd etildi.



Aloqador xabarlar