Turkiyada O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiya va sayyohlik salohiyati taqdim etildi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi diplomatlari amaliy safar bilan ushbu mamlakatning Kayseri viloyatida bo‘lishdi.

1886620
Turkiyada O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiya va sayyohlik salohiyati taqdim etildi

 

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi diplomatlari amaliy safar bilan ushbu mamlakatning Kayseri viloyatida bo‘lishdi.

Safar davomida Kayseri viloyati gubernatori o‘rinbosari Abdullah Kalkan, meriya bosh kotibi Huseyn Beyxan, savdo palatasi raisi Omer Gyulsoy, sanoat palatasi boshqaruvi kengashi aʼzosi Nebi Dog‘an bilan uchrashuvlar uyushtirildi.

Viloyatning 30 ga yaqin yetakchi sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiya va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, “Sersim”, "Boyteks Group", "Mundo Group" va "Yataş Holding" kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi usuli orqali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish va O‘zbekiston hududida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasida Kayseri viloyatining  turizm agentliklari hamda yetakchi sanoat kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini uyushtirishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun: Kayseri viloyati sanoatining asosini to‘qimachilik, elektrotexnika, mebelsozlik va mashinasozlik jabhalari tashkil qiladi. Viloyatda jami 25 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan. Hududda 4 ta sanoat va erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatadi. 2021 yil yakunlariga ko‘ra, Turkiyaning ushbu mintaqasidan  jami 3,6 milliard  AQSH dollariga teng mahsulot eksport qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar