Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Iznik shahrida bo‘lib o‘tadigan IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

1886380
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 29 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Turkiya shimoli-g‘arbidagi Bursa shahriga keldi.

Bu haqda Qirg‘izistoon Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentga turmush o‘rtog‘i – mamlakat birinchi xonimi Oygul Japarovna Japarova hamrohlik qilmoqda. 

Oliy martabali mehmon tashrif doirasida Iznik shahrida bo‘lib o‘tadigan IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. 

Gap shundaki, bugun Turkiyada IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari boshlandi. Sportchilar kurash, ot sporti va kamondan otish musobaqalarida o‘z omadlarini sinab ko‘radi.  O‘yinlarda 102 davlatdan 3000 dan ortiq sportchi ishtirok etadi. 

O‘yinlarning ochilish marosimida Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ham ishtirok etadi.

Eslatish joizki, Sadir Japarov 2021 yilning iyul oyida ilk bor Turkiyaga davlat tashrifini amalga oshirgan edi. O‘shanda ham ushbu tashrif qirg‘iz-tojik chegarasidagi ziiddiyat avjiga chiqqan davrga to‘g‘ri kelgandi. O‘shanda Japarov Qirg‘iziston Turkiya bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishni istayotganini aytgandi. 

Tashrif doirasida Prezidentlar Japarov va Erdo‘g‘anning yakkama-yakka uchrashuvi, Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik Oliy kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu tashrifdan keyin Qirg‘izistonda "Bayraktar" dronlari paydo bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Sadir Japarov , #Qirg'iziston , #Turkiya

Aloqador xabarlar