Turkiyaning Pamuqqal’a universiteti SamDU bilan hamkorlik qiladi

Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Pamuqqal’a universiteti rektori Ahmet Qutluxon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

1875268
Turkiyaning Pamuqqal’a universiteti SamDU bilan hamkorlik qiladi

 

Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Pamuqqal’a universiteti rektori Ahmet Qutluxon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Martabali mehmonlarni xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Akmal Ahatov va Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori Toshpo‘lat Rajabov qabul qildi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad hamkorlik doirasida Erasmus dasturi bo‘yicha talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, agrobiotexnologiya, agrar, urug‘chilik genetikasi sohalarini rivojlantirish maqsadida doimiy hamkorlik qilishdan iborat.

– 1992 yil qaytadan tashkil etilgan Pamuqqal’a universiteti ko‘p yillik tarixga ega, qadimiy ta’lim maskani, – dedi professor Ahmet Qutluxon. – Asosan, qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan o‘quv yurtimizda 20 fakultet bo‘lib, 45 ming talaba tahsil oladi, 38 tadqiqot markazi va 256 laboratoriya mavjud. Bundan tashqari universitet tarkibida 6 institut, 17 kasb-hunar maktabi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Tibbiyot, agrar, urug‘chilik, muhandislik, iqtisodiyot, tabiiy va ijtimoiy fanlar, san’at, pedagogika, texnika kabi turli yo‘nalishlarda 90 dan ortiq bakalavriat, 150 dan ziyod magistratura, va 50 dan ortiq doktorantura dasturlari amalda. Bundan buyon SamDU bilan birgalikda yuqorida sanab o‘tilgan sohalar uchun yetuk mutaxassislar tayyorlaymiz. Ayniqsa, urug‘chilik genetikasi bo‘yicha so‘nggi rusumdagi zamonaviy texnologiya asosida ishlaydigan laboratoriyalarimizda hamkorlikda ko‘plab yangi, serhosil urug‘ navlari yaratishimizga ishonaman.

Uchrashuv so‘ngida Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilarini tajriba almashish uchun Pamuqqal’a universitetiga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Tanlangan kalimalar: #Pamukkale , #O'zbekiston , #Turkiya , #SamDU

Aloqador xabarlar