Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilash masalasi muhokama qilinmoqda

Moskvada Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

1874098
Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilash masalasi muhokama qilinmoqda

Rossiya poytaxti Moskvada Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mavzu haqida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Rossiya maslahati ostida poytaxt Moskvada Davlat rahbari Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida 26-noyabr kuni tuzilgan kelishuv asosida, Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilash va uni chizib olish bo‘yicha ikki tomonli komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Tomonlarning hay’atiga Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev, Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoryan va Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk raislik qilgan.

Vazirlik o‘z bayonotida:

“Rossiya hay’ati ikki davlat o‘rtasidagi davlat chegarasining belgilab olinishi, chegara hududida barqarorlik va xavfsizlik saviyasining orttirilishi masalasida Ozarbayjon va Armaniston hay’atlari oʻrtasidagi muzokaralarda maslahat berib, ularga texnik yordam koʻrsatishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Kelasi yig‘ilishning qachon o‘tkazilishi, diplomatik kanallar orqali alohida hal qilinishi ham yetkazildi.

 



Aloqador xabarlar