Shavkat Mirziyoyev Cho‘lpon-Ota shahrida Imomali Rahmon bilan uchrashdi

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish asosida yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

1858223
Shavkat Mirziyoyev Cho‘lpon-Ota shahrida Imomali Rahmon bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 21 iyul kuni Cho‘lpon-Ota shahridagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish asosida yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev

Aloqador xabarlar