O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida etnosport bo'yicha memorandum imzolandi

Festival doirasida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.Ikromov hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi janob Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

1841387
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida etnosport bo'yicha memorandum imzolandi

 

Turkiyada V etnosport madaniyat festivali o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Festival doirasida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.Ikromov hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi janob Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Najmiddin Bilol Erdo‘g‘anga O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ensiklopediyasi ham taqdim etildi. Ta’kidlash kerak, ushbu ensiklopediya Najmiddin Bilol Erdo‘g‘anda ijobiy taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum asosida O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasini Butunjahon etnosport konfederatsiyasi a’zoligiga qabul qilish yuzasidan ariza topshirildi.

Ma’lumot uchun, Turkiyada V etnosport madaniyat festivali 12 iyunga qadar davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #etnosport , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar