Bryusselda Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Muhokama yakunida mintaqaviy kommunikatsiyalarni ochish ishlarining borishi hamda Demarkatsiya va chegara xavfsizligi bo‘yicha komissiya ishini boshlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

1831439
Bryusselda Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

Belgiya poytaxti Bryusselda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelning Qorabog‘dagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama yakunida mintaqaviy kommunikatsiyalarni ochish ishlarining borishi hamda Demarkatsiya va chegara xavfsizligi bo‘yicha komissiya ishini boshlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, “ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish” va gumanitar masalalarni muhokama qildi. Yangi uch tomonlama uchrashuv iyul yoki avgust oylarida rejalashtirildi.

Yevropa ittifoqi Kengashi tomonidan e’lon qilingan bayonotda, shuningdek, “yaqin kunlarda” chegarani delimitatsiya qilish masalasini muhokama qilish uchun chegara komissiyalarining birinchi qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Kengashi xabarida qayd etilishicha, tomonlar “chegara boshqaruvi, xavfsizlik, yer to‘lovlari, shuningdek, xalqaro tashishlar kontekstida bojxona to‘lovlari tamoyillari to‘g‘risida”gi kelishuvga erishdilar. Bu boradagi ishlarni vakolatli shaxslar davom ettiradi.

Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmati faqat uchrashuv fakti haqida xabar berdi, erishilgan kelishuvlar haqida axborot keltirmadi.

Baku va Yerevan aprel oyi boshida bo‘lib o‘tgan avvalgi uch tomonlama muzokaralar chog‘ida delimitatsiya komissiyasini tuzishga kelishib olgan edi. Shu bilan birga, Ozarbayjon Armanistonga 2020 yilda mojaro tugaganidan keyin ham tuzilmagan tinchlik shartnomasi loyihasini taklif qildi va Armaniston bu hujjatga javob qaytardi. Loyihaning bandlaridan biri chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilishdir.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Ilhom Aliyev

Aloqador xabarlar