Sadir Japarov amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda

Sadir Japarov amaliy tashrif bilan 19-20 aprel kunlari Ozarbayjonda bo‘ladi.

1815005
Sadir Japarov amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda
Caparov-Azerbaycan-2.jpg
Caparov-Azerbaycan-3.jpg
Caparov-Azerbaycan-4.jpg
Caparov-Azerbaycan-5.jpg
Caparov-Azerbaycan-6.jpg
Sadir Caparov Azerbaycan-9
Sadir Caparov Azerbaycan-10
Caparov-Azerbaycan-7.jpg
Sadir Caparov Azerbaycan-4.jpg

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kecha 19-aprel kuni Ozarbayjonga amaliy tashrif uyushtirdi. Ushbu tashrif doirasida Sadir Japarov eng avvalo, Boku shahridagi “Faxriy xiyobon”ga borib,  u yerda Ozarbayjonning milliy lideri Haydar Aliyev va uning rafiqasi Zarifa Aliyeva qabriga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Ortidan rasmiy hay’ati bilan birga “Shahidlar xiyoboni”ga borib, shahidlarni yodga oldi.

Bugun 20-aprel kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahridagi, “Zagubla” prezidentlik saroyida uchrashdi.

Qirg‘iziston va Ozarbayjon bayroqlari bilan bezalgan saroy oldidagi maydonda Davlat rahbarlari bir-birlari bilan salomlashgach, faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Ortidan Qirg‘iziston va Ozarbayjon madhiyalari yangradi. Yakunida Sadir Japarov bilan Ilhom Aliyev, bir-birini, rasmiy hay’at a’zolari bilan tanishtirdi. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng mamlakat rahbarlari tor doirada suhbat qildilar.

Davlat rahbarlarining keng doiradagi o‘zaro uchrashuvida Qirg‘iziston bilan Ozarbayjonning ikki va ko‘p tomonli hamkorligining buguni va kelajagi muhokama qilindi.   

Ilhom Aliyev o‘z nutqida Ozarbayjon tomoni hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida faol hamkorlik qilishga intilayotganini ta’kidlab, Sadir Japarovning tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida Prezident Sadir Japarov Ilhom Aliyevga Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan kelish taklifi va mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek Sadir Japarov, “Ta’kidlash joizki, Qirg‘iziston-Ozarbayjon munosabatlariga xalqaro tarixiy shaxs Haydar Aliyev asos solgan. O‘shandan beri Qirg‘iziston bilan Ozarbayjon o‘rtasida, xalqlarimizning chuqur tarixiy va ma’naviy aloqalariga asoslangan juda yaxshi munosabatlar o‘rnatildi”,-dedi.

Prezident Japarov, qardosh Ozarbayjon bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanligini ham ta’kidladi.

Yuzma-yuz uchrashuvdan keyin Sadir Japarov bilan Ilhom Aliyev kengaytirilgan tarkibda muzokaralarni davom ettiradi.

 



Aloqador xabarlar