Ozarbayjon bilan Armaniston tinchlik kelishuvini tayyorlash jarayonini boshlatmoqchi

Jayxun Bayramov bilan Ararat Mirzoyan telefon orqali muloqot qildi.

1810699
Ozarbayjon bilan Armaniston tinchlik kelishuvini tayyorlash jarayonini boshlatmoqchi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra vazirlar, Armaniston bilan Ozarbayjon oʻrtasida tinchlik kelishuvini tayyorlash jarayonining boshlatilishi uchun amalga oshiriladigan faoliyatlarni muhokama qilganlar.

Ikki davlat oʻrtasida qoʻshma chegara komissiyasi tashkil etilishini ham muhokama qilgan vazirlar, baʼzi gumanitar masalalar yuzasidan ham fikr almashganlar.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida 6-aprel kuni Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, tinchlik shartnomasini tayyorlash jarayoni boshlashi uchun ikki mamlakatning tashqi ishlar vazirliklariga ko‘rsatma berish haqida qaror qabul qilinib, shu oy oxirigacha qoʻshma chegara komissiyasini tuzish xususida kelishib olingan.

 



Aloqador xabarlar