O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasida Türkiye kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo'ldi

Uchrashuv chog‘ida jarrohlik sohasida  nanotexnologiyalarni joriy qilish va buning uchun nano moddalarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

1806737
O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasida Türkiye kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo'ldi

 

O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasida Türkiyening “Ragnar Group Companies” texnologik kompaniyasi boshqaruvi kengashining raisi Fatih Dilmach bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida jarrohlik sohasida  nanotexnologiyalarni joriy qilish va buning uchun nano moddalarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga, sanoat ko‘lamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini saqlash hamda elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomobillar uchun batareyalar ishlab chiqarishni tashkil qilish  istiqbollari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida qisqa muddat oralig‘ida mazkur xorijiy kompaniya vakillarining O‘zbekistonga amaliy safari uyushtirilishini ishlab chiqishga kelishib olindi.



Aloqador xabarlar