Erdo‘g‘an bilan Mirziyoyev birgalikda ko‘chat o‘tqazdi

Poytaxt Toshkentda Türkiye va O‘zbekiston mushtarak niyatlar niholi ekildi.

1804092
Erdo‘g‘an bilan Mirziyoyev birgalikda ko‘chat o‘tqazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Türkiye Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi. Bu haqida O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati rasmiy vab-sayti ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra bu yil O‘zbekiston bilan Türkiye o‘rtasidaa diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganiga 30 yil, Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganiga 5 yil to‘ldi. Ushbu nihol hamkorlik rivojida yangi davr boshlanayotgani, mushtarak ezgu niyatlarning ramzi bo‘ldi.

Mazkur xiyobonda boshqa hamkor davlatlar rahbarlari ekkan daraxtlar ham bor.



Aloqador xabarlar