Erdo‘g‘an Toshkentda Mirziyoyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 29-30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

1803923
Erdo‘g‘an Toshkentda Mirziyoyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi
Erdoğan Özbekistan resmi karşılama-1.jpg
Erdoğan Özbekistan resmi karşılama-2.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonda.

Erdo‘g‘anni poytaxt Toshkentdagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.

Prezident Erdo‘g‘an, “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Erdo‘g‘an ortidan Mirziyoyev tomonidan Ko‘k saroyda rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimda Prezident Erdo‘g‘an bilan O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyevning marosim maydonidagi o‘rnini egallashi ortidan, ikkala mamlakatning milliy madhiyalari yangradi.

Ortidan Erdo‘g‘an bilan Mirziyoyev bir-biriga o‘z hay’atlarini tanishtirdi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan Mirziyoyev rasmiy kutib olish marosimi ortidan hozirda matbuotga yopiq ravishda o‘zaro uchrashuv o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz:

Prezident Erdo‘g‘anning ushbu tashrifi doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishi uyushtiriladi.

Poyaxt Toshkentda boʻlib oʻtadigan yigʻilishda, strategik sheriklik darajasidagi Turkiya-Oʻzbekiston munosabatlari har jihatdan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ikkala mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning yana-da mustahkam tus olishi uchun tashlanadigan qadamlar qo‘lga olinadi.

 



Aloqador xabarlar