Taranglik avj olgudek bo‘lsa unda Chexiya ukrainalik muhojirlarni qabul qilishga tayyor
Petr Fiala, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi taranglik ustidan jurnalistlarga bayonot berdi.
Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi taranglik avj olgudek bo‘lsa unda ukrainalik muhojirlarni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bosh vazir Fiala mavzu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, Chexiyaning Ukrainaga moliyaviy yordam miqdorini oshirishni rejalashtirmayotganini ammo taranglik avj olgudek bo‘lsa unda ukrainaliklarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Chegara qo‘shnisi Slovakiyaga ham yordam berishga tayyor ekanliklarini ifoda etgan Fiala, ehtiyoj tug‘ilsa unda Slovakiya-Ukraina chegarasida xizmat qilishi uchun politsiya xodimlaridan iborat bir guruh jo‘natishlari mumkinligini qayd etdi.
Chexiyaning Kiyevdagi elchixonasi yopilmagani lekin diplomatlar oilalarining mamlakatni tark etganini yodga solgan Fiala, Ukrainada qariyb 50 nafar diplomat ishlayotganini ifoda etdi.
Aloqador xabarlar
Mirziyoyev bilan Putin O‘zbekiston - Rossiya munosabatlarini ko‘rib chiqdi
Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin, telefon orqali muloqot qildi.
Aliyev bilan Raisiy Qiz qal’asi va Xudofarin toʻgʻonlarini ochib berdi
Aliyev bilan Raisiy, Ozarbayjon - Eron chegarasida uchrashdi.