Arman kuchlari joylashtirgan minaning portlashi oqibatida yana 1 kishi halok bo‘ldi

Arman kuchlari joylashtirgan minaning portlashi oqibatida ozarbayjonlik yana 1 kishi halok bo‘ldi.

1734256
Arman kuchlari joylashtirgan minaning portlashi oqibatida yana 1 kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjonning ishg‘oldan qutqarilgan Ag‘dam viloyatida, arman askarlari tomonidan ishg‘ol vaqtida joylashtirilgan minaning portlashi oqibatida tinch aholidan bir kishi halok bo‘ldi.

Ag‘dam prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotda, Tagibeyli qishlog‘ida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan bir kishining mina portlashi oqibatida hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi.

Ikkinchi Qorabog‘ urushi tugagan 2020-yilning 10-noyabridan bugungacha Armaniston ishgʻoli davrida joylashtirilgan minalar oqibatida ozarbayjonlik 33 kishi halok boʻldi. Halok bo‘lganlardan tashqari 134 kishi tan jarohati oldi.

 



Aloqador xabarlar