O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Istanbulga tashrif buyuradi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun  bugun, 11-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi.

1732739

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, sammitda Kengash doirasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Muloqot yakunida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda ushbu tuzilmaga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Hozirgi kunda Kengashga  O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston aʼzo hisoblanadi. Mamlakatimiz 2019 yilda tashkilotga aʼzo bo‘ldi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.

Aloqador xabarlar