Turkiy kengash kuzatuvchilari O‘zbekiston Prezidenti saylovi haqida

Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi kuzatuvchilari missiyasi a’zosi, Turkiy kengashning loyihalar bo‘yicha direktori Farrux Jumayev OAV vakillariga kecha, 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi.

1724746

"Missiyamiz 21 oktyabr kuni o‘z ishini boshladi. Saylov uchastkalaridagi tayyorgarlik ishlari, siyosiy partiyalardan Prezidentlikka nomzodlarning dasturlari bilan tanishdik, partiyalar vakillari bilan uchrashdik, ularning targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun berilgan imkoniyatlar haqidagi fikrlarini o‘rgandik.

Saylovni munosib tarzda o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlarning guvohi bo‘ldik. Saylov doirasidagi barcha jarayonlar oshkora va ochiq o‘tkazildi. Ovoz berish kuni ikki guruhga bo‘lingan holda 30 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Saylovchilarning  ko‘tarinki kayfiyatiga, mamlakat hayotidagi muhim siyosiy voqeada faol ishtirok etayotganiga guvoh bo‘ldik. Mamlakat fuqarolarining 80 foizdan ortig‘i saylovda qatnashgani juda  yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu mening nazarimda, aholi hayoti yaxshilanganidan, xalq hukumat ishidan qoniqayotganidan dalolat beradi.

Men turkiy davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga umid qilaman, biz do‘stlarimiz bilan yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyormiz",-Farrux Jumayev.

Tanlangan kalimalar: #Turkiy kengash , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar