O‘zbekiston Prezidenti saylovida qariyb 81 foiz saylovchi qatnashdi

Bugun, 25 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00da bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida O‘zbekiston Prezidentligiga o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilinishi kutilmoqda.

1724433
O‘zbekiston Prezidenti saylovida qariyb 81 foiz saylovchi qatnashdi

 

Kecha, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovida qariyb 81 foiz saylovchi qatnashdi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev kecha, 24 oktyabr kuni o’tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etganlar 16 million 36 ming 914 nafar kishini tashkil qilgani haqida bayonot berdi. Bu saylovchilarning 80,8 foizini tashkil etadi.

Saylov uchastkalari Toshkent vaqti bilan soat 20:00da yopildi va uchastka saylov komissiyalari aʼzolari kuzatuvchilar, jumladan xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida ovozlarni sanashga kirishdi.

Bugun, 25 oktyabr kuni soat 16:00da bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida O‘zbekiston Prezidentligiga o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar