O‘zbekiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda Turkiya tajribasidan foydalanadi

"O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Nodir Mirahmedov boshchiligidagi  delegatsiya amaliy safar bilan Turkiyada bo‘ldi.

1718997
O‘zbekiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda Turkiya tajribasidan foydalanadi

 

"O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Nodir Mirahmedov boshchiligidagi  delegatsiya amaliy safar bilan Turkiyada bo‘ldi.

Safar doirasida zargarlik sohasidagi yirik kompaniyalar, Turkiya xorijdagi vatandoshlar va diaspora ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi hamda Anqara Xoji Bayram Vali universiteti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar natijasida O‘zbekistonda "Nar Altin A.Ş." kompaniyasi bilan birgalikda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasini amalga oshirishga  kelishildi.
Turkiya xorijdagi vatandoshlar va diaspora ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi raisi o‘rinbosari Sayit Yusuf bilan bo‘lib o‘tgan muloqot natijasida o‘zbekistonlik talabalarga ushbu mamlakatning yetakchi universitetlarida zargarlik mutaxassisligi bo‘yicha professional ta’lim olish hamda qisqa muddatli o‘quv kurslari va amaliyotini tashkil qilish uchun grant ajratish bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.

E’tiborlisi, Turkiya bilan hamkorlik doirasida joriy yilda O‘zbekistondan ilk 14 nafar talaba Anqara va boshqa shaharlarda zargarlik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olishni boshlagan.

Anqara Xoji Bayram Vali universiteti rektori Orxan Kurtoglu bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida O'zbekiston texnik ta’lim muassasalari o‘rtasida zargarlik yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama diplom berish dasturini yo‘lga qo‘yish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalarini ishlab chiqishga kelishildi.

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi delegatsiyasi, shuningdek, 7-10 oktyabr kunlari "Istanbul Jewelry Show-2021" ko‘rgazmasida milliy axborot stendi bilan ishtirok etdi.


Tanlangan kalimalar: #zargarlik , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar