Antaliyada o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

Uchrashuv ishtirokchilariga joriy yilning 24 oktyabr kuni O’zbekistonda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Prezidenti saylovi to‘g‘risida, jumladan, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida maʼlumotlar taqdim etildi.

1710891
Antaliyada o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

 

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Elchixonasi tomonidan Antaliyadagi Akdeniz universititetida tahsil olayotgan vatandosh-talabalar hamda ushbu viloyatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o’zbek fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv ishtirokchilariga joriy yilning 24 oktyabr kuni O’zbekistonda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Prezidenti saylovi to‘g‘risida, jumladan, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, saylovlarda qatnashayotgan beshta siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari hamda muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatlari va shart-sharoitlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Turkiyadagi o’zbeklarning saylovda ovoz berishi uchun O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasida saylov uchastkalari faoliyat yuritayotgani, mamlakatning boshqa shaharlarida tashkil etiladigan muddatdan oldin ovoz berish nuqtalari, ovoz berish tartib-qoidalari, shuningdek, chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligining saylov.mfa.uz sayti yaratilgani haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

O’zbekiston fuqarolari saylovda faol ishtirok etishga chaqirildi.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar