Fuat O’ktay Qirg’izistonning Cho’lpon-Ota shahriga tashrif buyurdi

Fuat O’ktay boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasiga Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov hamrohlik qildi. Shuningdek, Qirg’iziston vazirlar kengashi rahbari Ulug’bek Maripov ham mehmon delegatsiya bilan birga bo’ldi.

1705778
Fuat O’ktay Qirg’izistonning Cho’lpon-Ota shahriga tashrif buyurdi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Qirg’izistonga tashrifi doirasida Cho’lpon-Ota shahrini ziyorat qildi.

Fuat O’ktay boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasiga Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov hamrohlik qildi. Shuningdek, Qirg’iziston vazirlar kengashi rahbari Ulug’bek Maripov ham mehmon delegatsiya bilan birga bo’ldi.

Tashrif doirasida Fuat O’ktay Chingiz Aytmatov xotirasiga bag’ishlangan “Ruh Orda” madaniyat markazi muzeyini tomosha qildi. U shuningdek, qirg‘iz xalqining durdonasi bo’lmish Issiqko'l ko'l bilan tanishdi.

U yerda qirg'iz xalqi tomonidan katta hurmat-ehtirom bilan kutib olingan Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Qirg'izistonga birinchi marta kelganini va ko'rsatilgan mehmondo'stlikdan juda mamnun ekanini aytdi.

Eslatish joizki, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay boshchiligidagi delegatsiya 9 sentyabr kuni Turkiya-Qirg’iziston qo’shma iqtisodiy komissiyasi yig’ilishida ishtirok etish maqsadida Bishkekka jo’nab ketgandi.

Ma’lumotga ko’ra, Fuat O’ktay yig’ilish oldidan Qirg’izistonda faoliyat ko’rsatayotgan turk kompaniyalari yetakchilari bilan uchrashdi.
Fuat O’ktay mamlakatga tashrifi doirasida Qirg’iziston vazirlar kengashi rahbari va Turkiya-Qirg’iziston qo’shma iqtisodiy komissiyasi yetakchisi Ulug’bek Maripov bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so’ng, ikki davlat o’rtasida savdo, sanoat, akreditatsiya, energetika, transport, qishloq va o’rmon ho’jaligi hamda turizm sohalarida hamkorlik bo’yicha hujjatlar to’plami imzolandi.

Fuat O'ktay shuningdek, Qirg’izistonda insho etilgan Maorif ta’lim kompleksining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi. Bishkekda Fuat O’ktay sharafiga rasmiy ziyorat berildi.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Turkiya , #Fuat O'ktay

Aloqador xabarlar