Navbatdagi Ostona muzokaralari bugun oʻz ishini boshlaydi

Suriya masalasi boʻyicha navbatdagi Ostona muzokaralari bugun oʻz ishini boshlaydi.

1671073
Navbatdagi Ostona muzokaralari bugun oʻz ishini boshlaydi

Suriya masalasi boʻyicha navbatdagi Ostona muzokaralari Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultonda 7-8 iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

Unda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus delegatsiyasi bosh boʻlish bilan birga Iordaniya, Livan va Iroq  kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etadi.

Suriyadagi mavjud vaziyat, gumanitar yordamlarni yetkazib berish, Jenevadagi Suriya Konstitutsiya qoʻmitasi ishini takror boshlatish, mahkumlarni almashtirish, garovga olinganlarni ozod etish va bedarak yoʻqolganlarni qidirish kabi ishonchni mustahkamlash choralari ham kun tartibidagi eng asosiy masalalardan boʻladi.

 



Aloqador xabarlar