O‘zbekiston-Turkiya: Iqtisodiy diplomatiyada yangi marralar

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik uyushmasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston-Turkiya: Iqtisodiy diplomatiyada yangi marralar" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

1664749
O‘zbekiston-Turkiya: Iqtisodiy diplomatiyada yangi marralar

 

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik uyushmasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston-Turkiya: Iqtisodiy diplomatiyada yangi marralar" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Turkiyaning turizm, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida faoliyat yurituvchi ishbilarmon va ekspert doiralari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligiga kщrilayotgan tayyorgarlik, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning ijobiy natijalari, mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, yer huquqi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulayliklar va imtiyozlar haqida maʼlumot taqdim etildi.

Turkiyalik tadbirkorlariga O‘zbekistonda ishbilarmonlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari, jumladan, soliq, bojxona, bank tizimidagi qulayliklardan keng foydalanish taklif etildi.

Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Hikmet Eren O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar aniq strategik maqsadlarga qaratilgani va inson manfaatlariga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Turkiya ishbilarmonlari O‘zbekistonda faoliyat yuritish bo‘yicha o‘z takliflarini bayon qilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanini taqdiqladi.

Davra suhbati yakunida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda aloqalarni mustahkamlash, yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, «iqtisodiy diplomatiya» doirasida tizimli tadbirlar amalga oshirishga kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar