Bilol Erdo'g'an O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri bilan uchrashdi

O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 17-may dushanba kuni turkiyalik tadbirkor, jamoat arbobi Bilol Erdo'gʻanni qabul qildi.

1641890
Bilol Erdo'g'an O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri bilan uchrashdi

 

O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 17-may dushanba kuni turkiyalik tadbirkor, jamoat arbobi Bilol Erdo'gʻanni qabul qildi.

Qabul chog’ida O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) bilan yaqin hamkorlik oʻrnatilgani, joriy yil aprel oyida Oʻzbekiston-Turkiya xalqaro ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilingani haqida maʼlumot berdi. Mazkur xalqaro ilmiy loyihalar tanlovi tashabbuskor shaklda boʻlib, barcha fan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi va tanlovga arizalar 2021-yilning 25-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Shuningdek, Bilol Erdo'gʻan vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi aʼzolari bilan ham uchrashdi. Uchrashuv chogʻida Bilol Erdogan Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning yana-da mustahkamlanayotgani, turli sohalarda, xususan ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ham mustahkamlanayotganini aytdi.

“Qadimda ilm-fan Sharqdan Gʻarbga koʻchgan va ular fan natijalaridan unumli foydalanib, yangi tamaddun yaratganlar, – dedi Bilol Erdo'gʻan. – Endi esa zamon oʻzgardi, biz Gʻarbda yaratilgan ilm-fanni oʻrganishimiz va yurtimizning rivoji uchun foydalanishimiz zarur. Xorijda oʻqigan har bir yosh ertaga oʻz yurtiga qaytishi, unga xizmat qilishi, olgan bilimlarini xalqining foydasiga ishlatishi kerak. Mana shu haqiqiy vatanparvarlikdir.

Bilol Erdo'g'an Indiana va Garvard universitetida tahsil olgan. Jon Xopkins universitetida ilmiy ish yoqlab, falsafa doktori ilmiy unvonini olgan. U, shuningdek, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi Prezidenti hamdir.

Uchrashuvda yoshlar mehmonga oʻz savollarini berib, javoblar oldilar. Tadbir doʻstona ruhda oʻtdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Bilol Erdo'g'an

Aloqador xabarlar