Bugun O‘zbekiston Xitoydan yana 1 million doza vaksina oldi

Bugun Xitoydan O‘zbekistonga, yana 1 million doza vaksina olib kelindi.

1641665
Bugun O‘zbekiston Xitoydan yana 1 million doza vaksina oldi

Bugun Xitoydan O‘zbekistonga, Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi olib kelindi. Bu haqida O‘zbekiston Sog‘likni Saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra vaksinaning 1 million dozalik avvalgi partiyalari shu yilning 27 - mart va 27 - apreli kunlari keltirilgan. Undan tashqari mart oyida 660 ming dona AstraZeneca, aprel oyida 100 ming doza “Sputnik V” vaksinalari ham olib kelingan.  

Qayd etilishicha bu orqali O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 3 million 760 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytda foydalanilgan 1 million 346 ming dozadan ortiq vaksinaning 62 foizi, ya’ni 842 ming dozadan ortig‘ini ZF-UZ-VAC2001 tashkil qilmoqda. Bundan bugungacha 91 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi vaksinaning 2 - bosqichi bilan ham emlangan.

Kecha 17 - may kuni ZF-UZ-VAC 2001 emlanish 34 416 dozani tashkil qilib, ushbu vaksina bilan kunlik emlanish ko‘rsatkichi 56 foizga yetgani ham e’tiborga loyiq.

 

 


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #vaksina , #Xitoy

Aloqador xabarlar