Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkent shahar hokimi bilan uchrashdi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent va Anqara shaharlari o‘rtasidagi ko‘p yillik tarixga ega hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari katta ekanini taʼkidladi.

1621401
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkent shahar hokimi bilan uchrashdi

 

Kecha Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikdagi bitimlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent va Anqara shaharlari o‘rtasidagi ko‘p yillik tarixga ega hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari katta ekanini taʼkidladi.

Muloqot davomida turli sohalardagi aloqalar, birgalikdagi loyihalarning bugungi holati va ularni samarali amalga oshirish istiqbollari borasida fikr almashildi.

Turkiya elchisi Toshkentda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, qurilish, biznes, turizm yo‘nalishlaridagi yutuqlarga alohida to‘xtaldi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #Olgan Bekar

Aloqador xabarlar