To’qayev Turkistonda Turkiy davlatlar mushtarak iqtisodiy mintaqasini tashkil etishni taklif qildi

Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida bo’lib o‘tgan norasmiy sammitida nutq so’zladi.

1612537
To’qayev Turkistonda Turkiy davlatlar mushtarak iqtisodiy mintaqasini tashkil etishni taklif qildi

 

Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida bo’lib o‘tgan norasmiy sammitida nutq so’zladi.

Prezident o’z nutqida Turkiy Kengash doirasida olib borilayotgan turkiy integratsiyani ta’minlash bo’yicha faoliyatlarning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

“Bizning maqsadimiz turkiy dunyoni 21 asrda muhim iqtisodiy va gumanitar mintaqaga aylantirishdir”,-dedi Qozog'iston Prezidenti.

Ushbu norasmiy sammit Turkiston shahrini turkiy dunyoning ma’naviy poytaxti deb e’lon qilishga bag’ishlanganligini ta’kidlagan To’qayev: “Turk-Islom madaniyatining rivojlanishida katta ro’l o’ynagan Turkistonni butun dunyoga birgalikda tanitishimiz zarur”,-dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, global xatar – koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari tufayli, o’tgan yili Qozog’iston bilan Turkiy tilli davlatlar o’rtasidagi o’zaro savdo hajmi 11.2 foizga kamaydi.

“Tarixiy Ipak yo’li guzargohida joylashgan va qayta jonlana boshlagan qadim Turkiston shahri transport sohasida katta salohiyatga ega. Aynan shu jihatdan, Turkistonda Turkiy davlatlar mushtarak iqtisodiy mintaqasini tashkil etishni taklif qilaman”,-dedi Qozog'iston Prezidenti o’z nutqida.

Qolaversa, Turkiy dunyoning dastlabki mushtarak finans tashkiloti bo’lmish Turk Investitsiya Fondining Astana xalqaro finans markazida faoliyat ko’rsatishini taklif qildi.

Ta’lim sohasida “Ulug’ turkiylar ta’lim fondi” tashkil etilishi kerakligini ta’kidlagan To’qayev, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro universitetda tahsil olmoqchi bo’lgan turkiy davlatlardan 50 nafar talabaga stipendiya berishga tayyor ekanligini qo’shimcha qildi.



Aloqador xabarlar