Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi Fuzuliy va Xojavend shaharlariga tashrif buyurdi

"Bugun Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ozod qilingan Fuzuliy va Xojavend shaharlariga tashrif buyurdi", – deyiladi xabarda.

1602124
Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi Fuzuliy va Xojavend shaharlariga tashrif buyurdi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston ishg’olidan ozod qilingan Tog‘li Qorabog‘dagi Fuzuliy va Xojavend shaharlariga tashrif buyurdi.

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Bugun Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ozod qilingan Fuzuliy va Xojavend shaharlariga tashrif buyurdi", – deyiladi xabarda.

Shuningdek, YouTube va Instagram’da namoyish qilingan videolavhada prezident o’z shaxsiy mashinasida shaharga kirib borgani tasvirlangan.

Unda Aliyev yo’l davomida buzilgan, vayron bo’lgan uylarni ko’rsatib, barcha qishloqlar Armaniston qo’shini tomonidan vayron qilinganligini ta’kidlamoqda. Prezident ishg’oldan ozod qilingan hududlarda qayta qurish faoliyatlari boshlanganligini, yangi yo’llar insho etilganligini ma’lum qildi.

Aliyevning ta’kidlashicha, dushmanlar Ozarbayjonning ayniqsa, tarixiy merosini yo’q qilishga harakat qilishgan.

“Biroq, buni uddalay olmadilar. Biz bu hududlarimizni qaytarib oldik. Qahramon va muzaffar xalq sifatida vatanimizga qaytib keldik va dushmanni yerlarimizdan quvib chiqardik”,-dedi Ilhom Aliyev.

Prezidentning aytishicha, Armanistonni qo’llab-quvvatlagan xorij mamlakatlar armanlarning Ozarbayjon hududlarida sodir etgan vahshiyliklarni o’z ko’zi bilan ko’rishi zarur.


Tanlangan kalimalar: #Tog'li Qorabog' , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar