O‘zbekiston Qirg‘izistonga 50 mln dollar beradi

Bu haqda Qirg‘izistonning Iqtisodiy va soliq siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi. Deputatlar Qirg‘iziston-O‘zbekiston taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni ma’qulladilar.

1601030
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 50 mln dollar beradi

 

O‘zbekiston turli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun Qirg'izistonga 50 million AQSh dollari ajratadi.

Bu haqda Qirg‘izistonning Iqtisodiy va soliq siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Deputatlar Qirg‘iziston-O‘zbekiston taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni ma’qulladilar.

U orqali O‘zbekiston Qirg‘izistonga mablag‘ ajratadi. Kengash tuzilib, uning tarkibiga Qirg‘iziston vakillari, direktorlar kengashiga esa O‘zbekistondan uch va Qirg‘izistondan ikki vakil kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Sooronbay Jeenbekovning Toshkentga birinchi tashrifi chog‘ida tomonlar moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolashgan edi. U jamg‘arma tuzishni ko‘zda tutgandi. Ammo hujjatni amalga oshirish bugunga kelib amalga oshgan.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar