Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Poytaxt Toshkent aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

1599347
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyurdi

 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bugun, 11-mart kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga binoan, Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy darajadagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi, Qirg‘iziston rahbari, shuningdek, Oliy Majlis palatalari rahbarlari va O‘zbekiston Bosh vaziri bilan uchrashadi, O’zbekiston sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, o‘zaro munosabatlarning turli sohalariga taalluqli qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni imzolash ko‘zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Qirg'iziston , #Sadir Japarov

Aloqador xabarlar