Armaniston mudofaa vaziri Davit Tonoyan iste’foga chiqdi

Armaniston mudofaa vaziri Davit Tonoyan 2018 yili mamlakat mudofaa vazirligi rahbari etib tayinlangandi.

1531385
Armaniston mudofaa vaziri Davit Tonoyan iste’foga chiqdi

 

Armaniston mudofaa vaziri Davit Tonoyan iste’foga chiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tonoyan 2018 yili mamlakat mudofaa vazirligi rahbari etib tayinlangandi.

Avvalroq, Armaniston tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan va Armaniston favqulodda vaziyatlar vaziri Feliks Tsolakyan iste'foga chiqqandi.

Eslatish joizki, Tog’li Qorabog’dagi urushda Armaniston mag’lubiyatga uchradi. Mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan mag’lubiyatni tan oldi. Bu mamlakat bo’ylab namoyishlar va tartibsizliklar boshlanishiga sabab bo’ldi. Namoyishlar natijasida hukumatdan birin-ketin iste’fo xabarlari kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Davit Tonoyan , #Armaniston

Aloqador xabarlar