Makron Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan muloqot qildi

Ma’lumotga ko’ra, Makronning Ozarbayjon va Armaniston prezidentlari bilan bo’lgan suhbatida ikki davlat o‘rtasida imzolangan sulh bitimidan keyingi ustuvor vazifalar muhokama qilingan.

1531326
Makron Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan muloqot qildi

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Fransiya prezidenti ma'muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko’ra, Makronning Ozarbayjon va Armaniston prezidentlari bilan bo’lgan suhbatida ikki davlat o‘rtasida imzolangan sulh bitimidan keyingi ustuvor vazifalar muhokama qilingan.

Shuningdek, mojarolarga chek qo’yilgach, Tog‘li Qorabog‘dagi aholini himoya qilish va so‘nggi haftalarda uylarini tark etishga majbur bo’lgan o‘n minglab aholini uylariga qaytarish uchun muzokaralar samimiy tarzda davom etishi kerakligi qayd etilgan.

Makron Tog‘li Qorabog‘ mintaqasiga gumanitar yordam ko‘rsatish, diniy va madaniy merosni himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rishga tayyor ekanligini ta'kidlagan.

 



Aloqador xabarlar