Ozarbayjon qo’shini Armaniston qo'shiniga og’ir zarba berdi

Ozarbayjon qo’shini janglarda Armanistonga oid 1ta T-72 tank, 1ta D-30 pushka, 1ta artilleriya qurilmasi va o’q-doriga to’la yuk transportini yo’q qildi.

1524264
Ozarbayjon qo’shini Armaniston qo'shiniga og’ir zarba berdi

 

Ozarbayjon qo’shini front chizig’i bo’ylab Ozarbayjon askarlari va tinch aholi punktlariga o’t ochgan Armaniston qo’shiniga zarba berdi.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, to’qnashuvlar asosan Ag’dara, Ag’dam, Xojavend va Gubadli hududlarida davom etmoqda.

So’nggi bir kunda og’ir zarba olgan Armaniston qo’shini ko’plab askar va harbiy texnikasini yo’qotishi natijasida frontning ba’zi yo’nalishlaridan chekinishga majbur bo’ldi.

Ozarbayjon qo’shini janglarda Armanistonga oid 1ta T-72 tank, 1ta D-30 pushka, 1ta artilleriya qurilmasi va o’q-doriga to’la yuk transportini yo’q qildi.

Front bo’ylab jangovar harakatlar davom etar ekan, ustunlik Ozarbayjon qo’shini qo’lida ekanligi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar