Ozarbayjon qo’shini yana 8ta qishloqni Armaniston ishg’olidan ozod qildi

"Yashasin Ozarbayjon qo’shini! Tog’li Qorabog’ Ozarbayjonnikidir!”,-dedi Ilhom Aliyev twitterda.

1520389
Ozarbayjon qo’shini yana 8ta qishloqni Armaniston ishg’olidan ozod qildi

 

Ozarbayjon qo’shini yana 8ta qishloqni Armaniston ishg’olidan ozod qildi.

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi.

Prezidentning qo’shimcha qilishicha, front zonasida nazorat butunlay Ozarbayjon qo’shini qo’liga o’tgan.

“Qahramon Ozarbayjon qo’shini Jabroyil tumaniga qarashli Chaprand, Xoji Isoqli va Go’sha Buloq; Zangilon tumaniga qarashli Dara Giletag’ va Buyuk Giletag’; Gubadli tumaniga qarashli Ishikli, Murotxonli va Milanli qishloqlarini qishloqlarini ozod qildi. Yashasin Ozarbayjon qo’shini! Tog’li Qorabog’ Ozarbayjonnikidir!”,-dedi Ilhom Aliyev twitterda.

Eslatma: Ozarbayjon qo’shini Tog’li Qorabog’dagi janglarda shu kungacha 4ta shahar markazi, 3 shaharcha va 190ta qishloq bilan ba’zi strategik tepaliklarni ishg’oldan ozod qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar