Ozarbayjon qo’shini yana 9ta qishloqni Armaniston ishg’olidan ozod qildi

Ozarbayjon qo’shini 27 sentyabrda boshlangan Tog’li Qorabog’dagi janglarda shu kungacha 4ta shahar markazi, 3 shaharcha va 190dan ortiq qishloq bilan ba’zi strategik tepaliklarni Armaniston ishg’olidan ozod qildi.

1518823
Ozarbayjon qo’shini yana 9ta qishloqni Armaniston ishg’olidan ozod qildi

 

Ozarbayjon qo’shini yana 9ta qishloqni Armaniston ishg’olidan ozod qildi.

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev twitter orqali ma’lum qildi.

“Muzaffar Ozarbayjon qo’shini Jabroyil tumaniga qarashli Xudoberdili, Qurbontepa, Shoxveledli va Hubyarli; Zangilon tumaniga qarashli Aladin va Vejneli; Kubadli tumaniga qarashli Kavdadik, Memer va Mullali qishloqlarini ishg’oldan ozod qildi. Yashasin Ozarbayjon qurolli kuchlari! Tog’li Qorabog’ Ozarbayjonnikidir”,-deb yozdi Ilhom Aliyev twitterda.

Eslatma: Ozarbayjon qo’shini 27 sentyabrda boshlangan Tog’li Qorabog’dagi janglarda shu kungacha 4ta shahar markazi, 3 shaharcha va 190dan ortiq qishloq bilan ba’zi strategik tepaliklarni Armaniston ishg’olidan ozod qildi.


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar