Ozarbayjon qo’shini Armanistonga oid raketa tizimini yo’q qildi

Ozarbayjon mudofaa vazirligining rasmiy sahifasida kecha mahalliy vaqt bilan soat 15:18da Armanistonga oid “Smerch” raketa mudofaa tizimini portlatish tasviri namoyish qilindi.

1518680
Ozarbayjon qo’shini Armanistonga oid raketa tizimini yo’q qildi

 

Ozarbayjon qo’shini Berde tumanida tinch aholi punktlarini nishonga olgan Armaniston raketa tizimini yo’q qildi.

Bu haqdagi tasvirlar Ozarbayjon mudofaa vazirligining rasmiy sahifasida namoyish qilingan.

Tasvirlarda kecha mahalliy vaqt bilan soat 15:18da Armanistonga oid “Smerch” raketa tizimi portlatilganligi kuzatiladi.

Eslatish joizki, 27-28 oktyabr kunlari Armaniston qo’shini front zonasidan 60 km masofadagi Ozarbayjonning Berde tumaniga misket bombasi bilan hujum qildi. Hujum oqibatida 25 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 70dan ortiq kishi jarohatlandi.

Armaniston qo’shini o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuvga qaramay, frontning shimoliy va janubiy yo’nalishlarida tuni bilan Ozarbayjon pozitsiyalari va tinch aholi punktlariga hujum qilib kelmoqda. Ozarbayjon qo’shini Armaniston qo’shiniga qarshi javob choralari qo’llamoqda. Armaniston zarbalarda og’ir yo’qotishlarga uchramoqda.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonotiga ko’ra, to’qnashuvlar asosan frontning Ag’dara, Xojavend va Gubadli tumani territoriyalariga davom etmoqda.

Kecha tuni bilan davom etgan to’qnashuvlarda Armaniston qo’shiniga oid 2ta Su-25 samolyoti, 3ta T-72 tanki, 1ta zirhli piyoda vositasi, 2ta “Smerch” va 1ta “Grad” raketa tizimi, 10ta pulemyot, 2ta “Gvozdika” motorli pushka, 1ta OSA raketa majmuasi, 1ta P-18 radar vositasi va 4ta avtomobil yo’q qilindi. Shu bilan birga, ko’plab arman harbiy o’ldirildi.

Front zonasida nazorat butunlay Ozarbayjon qo’shini qo’liga o’tgani qayd etildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar