Tojikistondagi prezident saylovlarida Imomali Rahmon g‘alaba qozondi

Markaziy saylov komissiyasi rahbari Bahtiyor Xudoyarzoda ma’lum qilishicha, Imomali Rahmonga saylovchilarning 90,92 foizi ovoz bergan.

1507229
Tojikistondagi prezident saylovlarida Imomali Rahmon g‘alaba qozondi

 

Kecha, 11 oktyabrda Tojikistonda bo’lib o‘tgan prezident saylovlarida amaldagi prezident Imomali Rahmon katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. 

Markaziy saylov komissiyasi rahbari Bahtiyor Xudoyarzoda ma’lum qilishicha, Imomali Rahmonga saylovchilarning 90,92 foizi ovoz bergan.

Ma’lumotga ko’ra, saylovlar pandemiyaga qaramay ochiq-oydin va demokratik muhitda bo’lib o’tgan.

Tojikistonda umumiy hisobda 4 mln 946 ming 289 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 85,3 foizi ya’ni, 4 mln 221 ming 76 nafari saylovlarda ishtirok etdi.

Eslatish joizki, Tojikiston prezidentlik saylovlarida 5 ta nomzod kurash olib bordi. Saylov natijalariga ko‘ra, nomzodlar quyidagicha ovoz to‘pladi:

Xalq demokratik partiyasidan nomzod Imomali Rahmon - 90,92 foiz;

Agrar partiyadan nomzod Rustam Latifzoda -3,3 foiz;

Iqtisodiy islohotlar partiyasidan nomzod Rustam Rahmatzoda  - 2,15 foiz;

Sotsialistik partiyadan nomzod Abduhalim G‘afforzoda- 1,49 foiz;

Kommunistik partiyadan nomzod Miroj Abdullayev - 1,17 foiz ovoz olgan.

Eslatish joizki, Tojikistonda prezident 7 yillik muddatga saylanadi. Amaldagi prezident Imomali Rahmon ushbu lavozimni 1994 yildan beri (1994, 1999 va 2006) egallab keladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar