Tojikistonda prezident saylovlari bo’lib o’tdi

Markaziy saylov komissiyasi rahbari Bahtiyor Xudoyarzoda ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 15:00ga kelib saylovchilar ishtiroki 50 foizdan oshib, 70,7 foizga yetgani sababli saylovlar bo‘lib o‘tgan deb topilgan.

1506994
Tojikistonda prezident saylovlari bo’lib o’tdi

 

Kecha, 11 oktyabr kuni Tojikistonda prezident saylovlari bo’lib o’tdi.

Prezident lavozimiga 5 ta nomzod kurash olib bordi: amaldagi prezident Imomali Rahmon, kommunist partiyadan Miroj Abdullayev, Sotsialistik partiyadan Abduhalim G‘afforzoda, Dexqonlar partiyasidan Rustam Latifzoda va Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda bellashdi.

Respublika bo’ylab jami 68 ta saylov okrugida 3375 ta saylov uchastkasi faoliyat olib bordi. Xorijiy davlatlarda esa 39 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Saylovlarda 4 mln 943 mingdan ko‘proq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega bo’ldi.
       
Markaziy saylov komissiyasi rahbari Bahtiyor Xudoyarzoda ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 15:00ga kelib saylovchilar ishtiroki 50 foizdan oshib, 70,7 foizga yetgani sababli saylovlar bo‘lib o‘tgan deb topilgan.

Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun saylovchilardan kamida 50 foizining ovozini to‘plash zarur. Bunda saylovlardagi ishtirok 50 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.

Prezident 7 yil muddatga saylanadigan mamlakatda oxirgi prezident saylovi 2013 yil 6 noyabrda bo’lib o’tgandi. Unda 6 ta nomzod bellashgandi. 2013 yilda o‘tgan saylovlarda amaldagi prezident Imomali Rahmon saylovchilarning 86,64 foizlik ishtirokida 83,92 foiz ovoz to‘plab, to’rtinchi marta prezident etib saylangandi.

Ushbu saylovlarning dastlabki natijalari 12 oktyabrda, yakuniy natijalari esa 10 kun ichida e'lon qilinadi.


 


Tanlangan kalimalar: #prezident saylovi , #Tojikiston

Aloqador xabarlar