ASELSAN Qozog’istonni 1500ta respirator jihozi bilan ta'minlaydi

ASELSAN Qozog’istondagi 300ta shifoxona uchun 1500ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi ishlab chiqaradi.

1488170
ASELSAN Qozog’istonni 1500ta respirator jihozi bilan ta'minlaydi

 

ASELSAN Qozog’istondagi 300ta shifoxona uchun 1500ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi ishlab chiqaradi.

Qozog’iston ASELSAN Engineering (KAE) kampaniyasi bosh direktori Ziyo Chamog’li ma’lum qilishicha, ASELSAN bilan Qozog’iston Sog’liqni saqlash vazirligi o’rtasida 1500ta o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi yetkazish bo’yicha shartnoma imzolandi.

“243 viloyat va tumanda joylashgan taxminan 300 nafar shifoxonani o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi bilan ta’minlaymiz. Shifokorlarga ushbu jihozni qanday ishlatish bo’yicha seminarlar beramiz va jihozni foydalanishga tayyor holda topshiramiz”,-deb aytgan Ziyo Chamog’li.

Uning ta’kidlashicha, sentyabr va oktyabr oylarida tibbiy jihozlar tayyor bo’ladi. Kompaniya Qozog’istonni pandemiya davrida zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlashga tayyor.

Qozog’iston uchun boshqa zarur tibbiy jihozlarni ham ishlab chiqarishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan Ziyo Chamog’li, mamlakatning ushbu jihozlarga bo’lgan ehtiyoji to’la qondirilgach, boshqa davlatlarga ham jihoz eksport qilinadi.

2011 yili tashkil etilgan Qozog’iston Aselsan Engineering kompaniyasi Qozog’iston qurolli kuchlarining mudofaa sanoati sohasidagi ehtiyojlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

 



Aloqador xabarlar