Turk mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi

“O’zbekistondagi COVID-19ga qarshi kurash bo’yicha markaziy shtabga koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha konsultantlari sifatida turk mutaxassislari tashrif buyurdi”,-deyiladi xabarda.

1463769
Turk mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi

 

Turkiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Bu haqda O’zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ikki davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida erishilgan kelishuvlarga asosan O’zbekistondagi COVID-19ga qarshi kurash bo’yicha markaziy shtabga koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha konsultantlari sifatida turk mutaxassislari tashrif buyurdi”,-deyiladi xabarda.

Ma’lumotga ko’ra, O’zbekistonga tashrif buyurgan mutahassislar orasida Turkiyaning Medipol universiteti ilmiy kengashi a’zosi, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis, professor Rajap Ozturk, Xajettepe universiteti ilmiy kengashi a’zosi, jamoatchilik salomatligi bo‘yicha mutaxassis, professor Levent Akin va Anqara shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi, professor Hatije Raxmet Guner kabi vakillar o’rin olgan.

Ular koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va davolashning amaliy jihatlari, ushbu sohadagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qiladilar. Shuningdek, ikki davlatning ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi tajriba almashuv, murakkab jarrohlik amaliyotlarini birgalikda o‘tkazish, tibbiy jihozlar bilan ta’minlashgacha bo’lgan barcha xususlar ko’zdan kechiriladi.

Turli yoshdagi bemorlarda COVID-19dan kasallanish holati, ushbu kasallikning o‘ziga xos belgilari, diagnostika usullari, davolash metodlari, sog‘aygan bemorlarni kuzatish va boshqa mavzular bo’yicha fikr almashiladi.

Tashrif davomida turk mutaxassislari tibbiyot muassasalari, jumladan birlamchi tibbiyot muassasalari va Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilgan ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona ish faoliyati, kasallangan bemorlarni davolash bayonlari va O’zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni batafsil o‘rganib chiqadilar, ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etadilar hamda mamlakatning turli hududlarida davolanayotgan ahvoli o‘ta og‘ir bemorlarning holatini yaxshilash maqsadida onlayn videokonferensiyalar o‘tkazadilar. 

Shuningdek, Turkiya Respublikasining COVID-19ga qarshi kurashda ijobiy tajribalarini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyati ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar