Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri Kubatbek Boronov bo‘ldi

Muhammedkaliy Abilgaziyevning Bosh vazirlik vazifasidan ifte’foga ketishi ortidan 120 o‘rinli majlis, yangi Bosh vazir va hukumatni aniqlab olish uchun yig‘ilish o‘tkazdi.

1437792
Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri Kubatbek Boronov bo‘ldi

Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri Kubatbek Boronov bo‘ldi.

Nomi “korrupsiya” iddiolariga aralashganligi bois tunov kuni Muhammedkaliy Abilgaziyevning Bosh vazirlik vazifasidan ifte’foga ketishi ortidan 120 o‘rinli majlis, yangi Bosh vazir va hukumatni aniqlab olish uchun yig‘ilish o‘tkazdi.  

Kubatbek Boronov Majlis minbarida so‘zlagan nutqida, hukumatning eng ustivor masalalari orasida iqtisodiy barqarorlikning himoya qilinishi, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi kurash va parlament umumiy saylovlarining uyushtirilishi kerakligini qayd etdi.

Kabinasiga katta yangiliklar kiritgan Boronov, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosarlik vazifasiga Almazbek Baatirbekov va Bosh vazirlik Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qo‘mitasi yetakchiligi vazifasiga esa Altinbek Ismailovni ko‘rsatdi.

Majlisda hukumat dasturi, tuzilishi va vazirlar kengashi ham tasdiqlandi.

Qirg‘izistonning janubidagi Osh viloyatiga qarashli O‘zgan shahrida tug‘ilgan, Bishkek Texnik universitetining Bino va ishshoatlar qurilishi fakultetini yakunlagan Boronov, 2003 – 2018 yillari Favqulodda vaziyatlar vazirligida turli sohada ish olib borgandi.  

Boronov, Abilgaziyevning kabinasida Bosh vazir birinchi o‘rinbosari va milliy koronavirusga qarshi kurash qarorgohi raisi sifatida ishladi.

Boronov, mustaqillik bayramining 29 – yilligini 31 – avgustda nishonlay turgan Qirg‘izistonning 31 – Bosh vaziri bo‘ldi.



Aloqador xabarlar