Qirg‘iziston, koronavirusga qarshi kurashdagi yordami uchun Turkiyadan minnatdor

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Aydarbekov, turkiyalik kasbdoshi Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi.

1399775
Qirg‘iziston, koronavirusga qarshi kurashdagi yordami uchun Turkiyadan minnatdor

Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb - saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra Aydarbekov, video muloqat orqali kasbdoshi Chavusho‘g‘lu bilan uchrashgan.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Aydarbekov bilan Chavusho‘g‘lu ikki mamlakat hamkorligi bilan kundalik masalalar shuningdek, 10 - aprel kuni Turk tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik kengashi (Turk konseyi) navbatdan tashqari sammitining natijalarini keng ko‘lamli qo‘lga olgan.

Covid - 19 ga qarshi kurashda hamkorlikka e’tibor qaratgan Aydarbekov, virus kasalligini davolash va uning oldini olish masalasida, ikkala mamlakatning Sog‘likni saqlash tizimlari o‘rtasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri tuzilgan aloqani ham unutmagan.

Ikkala vazir Covid - 19 tufayli o‘z fuqarolarini ko‘chirish uchun charter qatnovlarini uyushtirish ishlarini ham qo‘lga olgan.

Aydarbekov yangi turdagi koronavirusga qarshi kurashda Qirg‘izistonga ko‘rsatilgan yordam, viza va yashash ruxsatnomasi muddati tugagan Qirg‘iziston fuqarolariga jazo bermaslik haqidagi qarori uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirgan.

Favqulodda vaziyat va 20:00 - 07:00 soatlarida ko‘chaga chiqishlik man etilgan Qirgvizistonda Covid - 19 holat soni 466 nafarga chiqar ekan, o‘ziga virus yuqtirib olganlardan 91 kishi sog‘ayib, 5 kishi esa vafot etgan.

 



Aloqador xabarlar