Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zolik uchun uzoq yillardir kutib turishi katta adolatsizlikdir.

Ozarbayjon  Prezidenti İlhom Aliyev, Yevropa Ittifoqi (YI) ba'zi sobiq Sovet davlatlarini  Yevropa ittifoqiga qabul qilishiga qaramasdan Turkiya a’zolik uchun uzoq yillardir kutib turishi  " katta  bir adolatsizlikdir" deb baholadi.

1328552
Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zolik uchun uzoq yillardir kutib turishi katta adolatsizlikdir.

Ozarbayjon  Prezidenti Ilhom Aliyev, Yevropa Ittifoqi (YI) ba'zi sobiq Sovet davlatlarini  Yevropa ittifoqiga qabul qilishiga qaramasdan Turkiya a’zolik uchun uzoq yillardir kutib turishi  " katta  bir adolatsizlikdir" deb baholadi.

Ilhom Aliev mamlakatdagi milliy telekanalda Ozarbayjonning tashqi siyosati, qo'shni davlatlar va ichki ishlar bilan aloqali olib borilayotgan loyihalar haqida bayonotlar berdi va 2019 yilini baholadi.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi va ba'zi Yevropa Ittifoqi rahbarlarining kengayishga qarshi bayonotlarini eslatgan Aliyev,

 “Birodar Turkiya misoliga qaraylik. Turkiyaning Yevropa  ittifoqi bilan imzolagan  bitimning ustidan yillar o’tib ketdi. Faqat keyin tashlangan qadamlar bir natija berdimi? Albatta ki bermadi.  Bu katta bir adolatsizlikdir. Ayrim sobiq sovet davlati Yevropa ittifoqiga a’zo bo’ldi. Ular Turkiya  yana  ham rivojlanganmi? Yo’q. Ular Yevropa a’zo bo’lish uchun yana ham tayyorlarmidi? Yo’q. Unday bo’lsa ular nimaga qabul qilindi,  faqat Turkiyani qabul qilmadilar? Savolning javobi juda ham aniq. Turkiya  Musulmon o’lkasidir.

 Hozir buni  juda ochiq ravishda aytishmoqda. Oldindan ba’zi bahonalar qilardi. Endi esa yashirmaydilar.  Musulmon bir o’lka bo’lgani uchun Turkiyani Yevropa ittifoqiga  qabul qilmaydilar. Bunday  bir vaziyatda esa  Ozarbayjonni ham  qabul qilmaslar. Aytaylik ki ertaga keling sizni a’zo qilaylik deyishsa,  Bu bizga keraklimi? Qat’iyat bilan yoq” deya qayd etdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar